Meros
Geologik tuzilishi va ilmiy ahamiyati
Qo‘riqxona hududida paleozoy erasining yuqori ordovikdan quyi karbon davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi dengiz ostida hosil bo‘lgan qatlamlari saqlanib qolgan. Ular orasida o‘sha davrda yashagan hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari (marjonlar — tabulyata, rugoza, stramotaporat, shuningdek, braxiopod, krinoidei, tentakulit, konodont va boshqalar) juda ko‘p uchraydi. Bu qatlamlarning yoshi 460 million yilni tashkil etib, zaminimizning qadimgi ekologiyasi va iqlim sharoitini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.